insurez
05-09-2024 12:46

SAMARQANDLIK SHOIRA BILAN UCHRASHUV


SAMARQANDLIK SHOIRA BILAN UCHRASHUV

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami arafasida Oqdaryo tumanining ijodkorlari xalqimiz bilan bayramona davralar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazdilar. Jumladan, 30-avgust kuni tuman markazida ochilgan yangi madaniyat uyining konsertlar zalida Samarqandning zabardast shoirasi, taniqli tarjimon, jurnalist Oygul Suyundikova bilan tashkil etilgan ijodiy uchrashuv barchaning dilida Vatanga sadoqat, faxr-iftixor tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan ijodiy kayfiyat uyg‘otdi. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Oqdaryo tuman bo‘linmasi rahbari Diyora Yusupova,  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi Oygul Mamatova, shoiralar To‘lg‘anoy Gadoyeva, Charos Qurbonovalar shoiraning ijodi, o‘ndan ortiq chop etilgan kitoblari, she’r hamda tarjima asarlari haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumotlar berdilar.

Teglar
- -