Rasmiy munosabat: sobiq istirohat bog‘i hududida qarovsiz joy qolmaydi
Rasmiy munosabat: sobiq istirohat bog‘i hududida qarovsiz joy qolmaydi
Joriy yilning 9-iyun kuni “Oqdaryo ovozi” telegram kanalida Loyish shaharchasidagi sobiq istirohat bog‘i hududi bir necha yil oldin tadbirkorlik qilish uchun ajratilgan bo‘lsada, yer egalari tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmayotganligi bois hudud qarovsiz ahvoldaligi bo‘yicha tanqidiy maqola e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosarlari E.Ashurov, U.Islamov hamda tegishli mas’ullar tomonidan joyiga borib, o‘rganish olib borildi. O‘rganish davomida yer maydoni egalari bilan uchrashilib, hududni obodonlashtirish va yerdan maqsadli foydalanib, qurilish ishlarini jadallashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va istiqbolli ishlarni amalga oshirish borasida mas’ullarga muhim tavsiya va topshiriqlar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati