Rasmiy munosabat: Payshanba bozori atrofidagi noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
Rasmiy munosabat: Payshanba bozori atrofidagi noqonuniy chiqindixona bartaraf etildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Oqdaryo dehqon bozori MCHJ Yangiqo‘rg‘on filiali (Payshanba bozori) ro‘parasidagi yo‘l yoqasida aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan turli maishiy chiqindilar tashlanganligi bo‘yicha vedio lavha yoritildi. Mazkur holat yuzasidan Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i V.Markayev hamda tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganish olib borilib, hududida mahalliy aholi tomonidan turli chiqindilarni tashlab ketilishi oqibatida hosil bo‘lgan noqonuniy chiqindixona bartaraf qilindi.
🔶 Hurmatli tumandoshlar UNUTMANG! Atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek mas’uldirmiz!