insurez
05-09-2025 18:11

Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmas vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi


Qishloq xo‘jaligida kechiktirib bo‘lmas vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov hamda tuman qishloq xo‘jaligi soha mutasaddilari ishtirokida muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, 2025-yil paxta yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, paxta maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini yakunlash, fermer xo‘jaliklari tomonidan nasos agregatlariga quyosh pannellari o‘rnatish, 2026-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini “Agro gov” tizimiga kiritish holati, 2026-yilda suv tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish masalalari atroflicha muhokama etilib, vazifalar belgilab olindi hamda mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.
 

Teglar
- -