insurez
05-09-2025 10:07

OQDARYODA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA


OQDARYODA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA

Ayni paytda Oqdaryo tuman aholisi uchun Loyish shaharchasidagi “Istirohat bog‘i”da tuman sektor rahbarlari, tuman prokurori, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda. 
Qabul davomida fuqarolarning har bir murojaati atroflicha o‘rganilib, ayrim muammolar joyida hal qilinmoqda. Muayyan vaqt talab etuvchi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -