insurez
13-10-2025 16:07

Oqdaryo tuman Ishchi gurhining 2025-yil 3-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakillangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida Hisoboti


Oqdaryo tuman Ishchi gurhining 2025-yil 3-chorakda jamoatchilik fikri asosida shakillangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

Hisoboti

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash  to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan, 2025-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 848,2 mln.so‘m, o‘tgan yil va o‘tgan mavsum g‘olib takliflardan ortgan 822,02 mln.so‘m va tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 25 416,3 mln.so‘m, Soliq daromadlarining 2-chorak pragnozidan oshirib bajarilgan qismidan 77,7 mln.so‘m mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan 2025-yil 1-mavsumda mahalliy byudjetdan 16 416,0 mln so‘m mablag‘lar o‘tkazilishi ta’minlandi. 2025-yil 2-mavsumda mahalliy byudjetdan 17 072,0 mln so‘m mablag‘lar o‘tkazilishi ta’minlandi.Jami 33 488,0 mln so‘m.

Jumladan:

2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi

“Ochiq budjet” axborot portalida 1-Fevraldan 21-martga qadar davom etdi Fuqarolar tomonidan shu vaqt oralig‘ida 93 ta takliflar kelib tushdi. Ishchi guruh tomonidan 76 ta loyihalar ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi. Qolgan 17 ta loyiha mezon talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli rad javobi berildi.

Tumanimizda 2025-yil 1-mavsumiga ko‘ra 11 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Jumladan:

1-o‘rin 4736 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Miyonqol MFY G‘ulva qishlog‘ini ichki yo‘llarini asfaltlashtirish tashabbusida pudratchi "JAVOHIR TA`MIR QURILISH" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1485,0 mln.so‘m mablag‘ning 1305,4 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari yakunlangan;

2-o‘rin 4578 ta ovoz bilan Oqdaryo tumani 7-maktabga 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish tashabbusida buyurtmachi pudratchi "SUPER MIX BETON" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 1145,3 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

3-o‘rin 4484 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasining moddiy-texnika bazasini  rivojlantirish tashabbusi(1255,9 mln.so‘m)  mablag‘ning 1 251,5 mln so‘m  qismi kassa qilingan,  jihozlash ishlari yakunlangan.

4-o‘rin 4223 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman "Miyonqol" MFY Oqbo‘yra  qishlog‘i ichki ko‘chasini asfatlashtirish tashabbusida pudratchi "TEX NUR KAFOLAT" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1499,8 mln.so‘m mablag‘ning 1321,2 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari yakunlangan;

5-o‘rin 4201 ta ovoz bilan Oqdaryo tumani 44-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv bino qurish tashabbusida  pudratchi "NUROBOD BAHO ISHONCHI" XK tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 1026,2 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

6-o‘rin 4198 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 24-maktabga qo‘shimcha o‘quv  bino qurish tashabbusida pudratchi "HUMOYUN SIFAT QO`RG`ON" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 1427,6 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

7-o‘rin 4111 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman "Istiqlol" MFY Ravot qishlog‘i ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish tashabbusida pudratchi "POYTAXT NURI 1" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1485,0 mln.so‘m mablag‘ning 1299,2 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari yakunlangan;

8-o‘rin 4098 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasida  tuman tez tibbiy yordam bo‘limi uchun yangi bino qurish tashabbusida pudratchi "UTKIR SARBON SERVIS" XK tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 1206,4 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

9-o‘rin 3136 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 6-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha o‘quv bino qurish  tashabbusida buyurtmachi pudratchi "LOCHINBEK DIZAYN QURUVCHI" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 904,2 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

10-o‘rin 2937 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga faollar zali qurish tashabbusida pudratchi "MAXICON" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 517,7 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari davom etmoqda;

11-o‘rin 2125 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 54-umumtalim maktabini mukammal tamirlash tashabbusida pudratchi "BIG STROY GROUP 000" MCHJ tomonidan. Hozirgi kunda jami ajratilgan 1500,0 mln.so‘m mablag‘ning 1423,5 mln.so‘m qismi kassa qilingan qurilish ishlari yakunlangan;

 

Tumanimizda 2025-yil 2-mavsumiga ko‘ra 12 ta loyiha g‘olib deb topildi.

2025-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 2-mavsumi 2025-yil 15-iyuldan boshlanib joriy yilning 31-avgustiga qadar o‘tkazildi.

 

Jumladan:

1-o‘rin 3678 ta ovoz bilan Oqdaryo tumanidagi "Oqdaryo" MFY Butanosh-2 qishlog'ida joylashgan qabriston yo‘lini asfaltlashtirish tashabbusi;

2-o‘rin 3633 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman "Istiqlol" MFY Ravot va Yuqorovul qishloqlarini bog‘lovchi yo‘llarni tamirlash tashabbusi;

3-o‘rin 3463 ta ovoz bilan Oqdaryo tumani 7-umumta’lim maktabini mukammal ta'mirlash  tashabbusi;

4-o‘rin 3442 ta ovoz bilan "Zarafshon" MFY KTMP ga karashli Yangirovot hududini tamirlash tashabbusi;

5-o‘rin 3396 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Olchin OShPga yangi bino qurish tashabbusi;

6-o‘rin 3054 ta ovoz bilan "Primkent" MFY Poniqi qishlog'ini ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish tashabbusi;

7-o‘rin 3039 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Z.M.Bobur MFY Qoratut qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlashtirish tashabbusi;

8-o‘rin 2790 ta ovoz Oqdaryo tuman 5-maktabga qo‘shimcha o‘quv bino qurish tashabbusi;

9-o‘rin 2694 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman "Uzunqishloq"  MFYda joylashgan  Uzun OShPga yangi bino qurish  tashabbusi;

10-o‘rin 2685 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman sport maktabi Alpomish stadionini mukammal tamirlash tashabbusi;

11-o‘rin 2664 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 54-maktabni mukammal taʼmirlash tashabbusi;

12- o‘rin 2266 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman "Galaravot" MFY Galaravot qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlashtirish tashabbuslari g‘olib ded topildi.

Ichki yo‘llarini asfaltlashtirish bo‘yicha 5 ta, umumta’lim maktablarini  tamirlash bo‘yicha 3 ta va sog‘liqni saqlash bo‘yicha 3 ta tashabbuslar g‘olib deb topildi. Byurtmachi tashkilotlar tomonidan loyihachi tashkilotlarni aniqlash uchun elonga chiqarilgan.

 

Tashabbusli budjetlashtirish jarayoninining 2025-yil 2-mavsumida mahalliy budjetdan 17 072,0 mln so‘m mablag‘lar rejalashtirilgan va byurtmachi tashkilotlarga manzilli dasturga asosan o‘tkazib berilgan.

Teglar
- -