insurez
29-08-2025 12:32

Oqdaryo mahallasida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi


Oqdaryo mahallasida yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Bugun istiqlol shodiyonalari arafasida ishga tushirilayotgan ijtimoiy soha obyektlari qatorida, Oqdaryo tumani sport maktabiga qarashli “Oqdaryo” MFY Tortuvli qishlog‘idagi TIP-1 sport majmuasi keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.

Sport sohasi mas’ullari, nuroniylar va faollar ishtirok etgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Qudratov so‘zga chiqib, barchani istiqlol ayyomi va yangi sport majmuasi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Ma’lumot uchun, mazkur majmua Tashabbusli byudjet loyihasining 2024-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilib, 1,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan. 24x12 hajmdagi yengil metal konstruksiyali sport zalda yoshlar va fuqarolarning sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
 

Teglar
- -