insurez
02-07-2024 09:28

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL ZARAFSHON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


NAVBATDAGI SAYYOR QABUL ZARAFSHON MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
 

Bugun Oqdaryo tuman 4-sektor hududidagi Zarafshon mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayev bilan birgalikda Zarafshon mahallasi fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi.  
Qabulda ichimlik suvi masalasi, aliment undiruvi, suyultirilgan tabiiy gaz ballonlarni o‘z vaqtida almashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.


 

Teglar
- -