insurez
05-09-2024 17:08

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL PRIMKENT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI


NAVBATDAGI SAYYOR QABUL PRIMKENT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
Bugun tumanimizda inson manfaatlari har narsadan ulug‘ degan ezgu g‘oyani hayotga tatbiq etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Joylarda tuman hokimi tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar anashular jumlasidandir.
Bugun 4-sektor hududidagi Primkent mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri va 4-sektor rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy yordam, tabiiy gaz ballon va elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalar bo‘yicha  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Qabuldan so‘ng tuman hokimi fuqarolarning sug‘orish ariqlarini tozalash borasidagi murojaati yuzasidan joyiga borib o‘rganib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi

Teglar
- -