insurez
27-08-2024 13:22

Kumushkent mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi


Kumushkent mahallasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

✅ Bugun Kumushkent mahallasi xotin-qizlar faoli Hulkar Alaxanova tashabbusi bilan “Xotin-qizlarga e’tibor - farovon oila tayanchi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Y.O‘roqova hamda mahalla otinoyisi S.Parfayevalar ishtirok etishib, jamiyatimizda ayollarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar xususida, shuningdek, xonadon sarishtaligi, tomorqa madaniyati, tomorqada ekinlarning gullab, yashnab turishida uy bekasining o‘rni, mehnati katta va beqiyos ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
✅ Tadbir davomida mahallaning eng namunali xonadonlaridan birining bekasi Anora Muhammadiyevaga oila a’zolari bilan hamjixatlikda xonadonida sog‘lom turmush tarzini shakllantirib, mahalla ahliga namuna bo‘lib kelyotganligi hamda jamoat ishlarida faol qatnashib, mahallaning “Eng namunali uy bekasi” sifatida ibrat ko‘rsatgani uchun tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -