insurez
09-09-2025 12:21

Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi


Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi va sektor rahbarlari, hokimlik hamda tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda fuqarolar bilan muloqot qilishda xodimlar o‘z ishiga vijdonan yondashmog‘i haqida tuman prokurori N.Soyipova tomonidan ma’ruza qilinib, ishtirokchilar korrupsiya holatiga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat’iy ogohlantirildi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

Teglar
- -