insurez
10-09-2024 15:31

Izlagan imkon topar


Izlagan imkon topar

Tumanimizda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z xonadonida tadbirkorlik qilib, o‘z-o‘zini band qilgan va mehnatlari natijasida daromad topib, oilasi budjetini mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar ko‘plab topiladi. Jumladan, Yangihayot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Umida Omonova xonadonida parrandachilik yo‘nalishida 3 mingdan ortiq bedana parvarishlab, do‘konlarni kuniga 2500 dona bedana tuxumi bilan ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Maqsuda Metanova xonadonida 80 dan ortiq zotdor (dakan) tovuq, 30 ta quyon va 30 ta kabutar boqib, yaxshigina daromad qilmoqda. 
 

Teglar
- -