ISTIROHAT BOGʻIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA
ISTIROHAT BOGʻIDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA
Ayni paytda Oqdaryo tuman aholisi uchun Loyish shaharchasidagi “Istirohat bog‘i”da tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman prokurori N.Soyipova, tuman sektor rahbarlari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning har bir murojaati atroflicha o‘rganilib, ayrim muammolar joyida hal qilinmoqda. Muayyan vaqt talab etuvchi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati




