insurez
05-09-2024 12:04

Huquqiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lida


Huquqiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘lida

🔖  Ma’lumki, joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovlari bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Oqdaryo pedagogika kollejida saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tuman uchastka saylov komissiyalari raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarni o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminar treninglar o‘tkazilmoqda. Seminar avvalida tuman hokimi Sh.Qudratov, viloyat mas’ullari hamda tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad va vazifalar haqida tushunchalar berib o‘tishdi va o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli topshirishda omad tilashdi. 
Seminar-treninglarda trenerlar tomonidan ishtirokchilarga saylovga tegishli bo‘lgan huquqiy bilim va ko‘nikmalar beriladi. 

 

Teglar
- -