Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam
Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam
Bugun erta tongdan Oqdaryo mahallasida joylashgan 29-umumta’lim maktabida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam" shiori ostida navbatdagi piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.
Tadbir erta tong soat 8:00 da Oqdaryo mahallasining avtomobillar qatnov kam yuradigan yo‘lini bir qismida tashkil etildi. Keng jamoatchilik va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu piyoda yurish marafonidan so‘ng, tadbir 29-maktabning sport maydonida ertalabki badantarbiya mashg‘uloti bilan davom etdi.