insurez
24-05-2025 10:06

25-may - "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri tumandagi 32-umumta’lim maktabida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi


25-may - "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri tumandagi 32-umumta’lim maktabida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi

🛎Bugun 25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandlari kamolini  ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxon-u onaxonlarimiz uchun chin ma’nodagi bayramdir!

Bugun tumanimizdagi 32-maktabda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Oqdaryo tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov ishtirok etib, yig‘ilganlarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklashdi hamda faol o‘qituvchi va o‘quvchilarga maqtov yorlig‘i hamda tashakkurnomalarni topshirdilar.
 

Teglar
- -