insurez
14-07-2024 10:06

Zarafshon ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari boshlandi


Zarafshon ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Yurtimizda yo‘l qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish, infratuzilamasini yaxshilash hamda yo‘l tarmog‘i samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ahamiyatlisi tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohatlar Oqdaryo tumanida ham o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Bugun Oqdaryo tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi yoʻlsozlari tomonidan Mustaqillik mahallasining Zarafshon koʻchasi (4K495 “Loyish sh.-Avazali q.-Yangiqoʻrgʻon q.-Odil q.-Oqchelak q.”)  avtomobil yoʻlining belgilangan  qismida asfalt yotqizish ishlari boshlandi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari oldidan tuman hokimi Sherzod Qudratov, mahalla faollari va yo‘lsozlar ishtirokida ehson uchun qo‘y so‘yilib, Qur'on oyatlari tilovat qilindi. 
Amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar yoʻlovchilarning uzogʻini yaqin va yo‘lini ravon  qilishga xizmat qiladi.

Teglar
- -