ZARAFSHON KOʻCHASI RAVON BO‘LMOQDA
ZARAFSHON KOʻCHASI RAVON BO‘LMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, tuman markazidagi Zarafshon koʻchasi (4K495 “Loyish sh.-Avazali q.-Yangiqoʻrgʻon q.-Odil q.-Oqchelak q.” avtomobil yoʻli)ning 0-1 kilometr oralig‘idagi qismida Oqdaryo tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlari boshlanmoqda.
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov ushbu ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borilishi yuzasidan ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishib, ishlarni sifatli bajarish, kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.