insurez
18-08-2024 15:14

Yoshlarimiz navbatdagi yutuqlarni qo‘lga kiritishdi


Yoshlarimiz navbatdagi yutuqlarni qo‘lga kiritishdi

Kuni kecha Toshkent shahrida 5 ta davlat vakillari o‘rtasida “Mental Arithmetic International” Xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Oqdaryo tumani Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilari faol ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. 
Musobaqada ishtirok etgan 23 nafar o‘quvchilarimizning 
🥉 1 nafari 3-o‘rin
🥈 10 nafari 2-o‘rin 
🥇 7 nafari 1-o‘rin 
va 🏆 5 nafari oliy o‘rinni egallab, Toshkent Perfekt universitetiga va Turkiya davlat universitetiga imtihonsiz qabul qilinadigan bo‘ldi. Shu bilan birga 20-oktabr kuni Xitoy davlatida o‘tkaziladigan olimpiada uchun 30$ lik vaucher yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi 

🏆Bo‘lajak chempionlarga kelgusi o‘qishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz 🏅

Teglar
- -