YOSHLAR TADBIRKORLIKNI O‘RGANADI
YOSHLAR TADBIRKORLIKNI O‘RGANADI
Bundan oldingi xabarlarimizdan ma’lumki, Oqdaryo tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan tadbirkorlar o‘rtasida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bu galgi uchrashuv tuman IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari hamkorligida tumandagi “Shag’zod akfa eshiklari” YaTT, “Agro Dizel servis” MCHJ, “Non mahsulotlari” YaTT tadbirkorlari bilan "Tadbirkor va probatsiya nazoratidagi shaxslar uchrashuvlari" bo‘lib o‘tdi.
Bunda ishtirok etgan Probatsiya nazoratidagi yoshlar “Shag’zod akfa eshiklari” YaTT rahbari tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi, unda akfa romlarni yasashni o‘rgatish, yashash xonadonida akfa romlarni yasash faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yasalgan mahsulotlarni xarid qilishida imtiyozlar borligini tushuntirganligi ko‘plab nazoratdagi shaxslarga, ayniqsa yoshlarga ma’qul bo‘ldi.
Shuningdek, Oqdaryo tuman IIB JXX Probatsiya guruhining 2024-yilga mo’ljallangan "YO’L-XARITASI"ga asosan 2 nafar nazoratdagi shaxslar ishga joylashtirildi.