insurez
04-08-2024 11:32

“Yangiqishloqda futbolning kechasi, buguni va ertasi” deb nomlangan futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi


“Yangiqishloqda futbolning kechasi, buguni va ertasi” deb nomlangan futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Bugun Yangiqishloq mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tashkilotchiligida mahallada tug‘ilib, o‘sgan mehnat faxriysi nuroniy sportchi Omonturdiyev Norqul boboning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Yangiqishloqda futbolning kechasi, buguni va ertasi” deb nomlangan futbol bo‘yicha musobaqa - uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda Oqdaryo tumani va Dinamo klubi faxriylari, nuroniylari o‘rtasida futbol bo‘yicha do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada faxriy sportchi Burxon Umirov hakamlik qildi.
Tadbir mehmoni bo‘lgan Samarqand viloyati sport faxriylari kengashi raisi, professor Hamroqul Rofiyev so‘zga chiqib, Norqul boboning sportdagi yutuqlarini aytib, tumanimizda sportning yanada ravnaq topishiga, kelajakda Oqdaryo tumanidan chempion futbolistlar chiqishiga tilak bildirdi.
Keng jamoatchilik ishtirokida qizg‘in baxslar bilan o‘tgan bugungi tadbir yangiqishloqliklar uchun unutilmas kun bo‘ldi.

 

Teglar
- -