Xushnudbekka tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi
Xushnudbekka tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi
Oqdaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻbasi xodimilari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Paxtaobod” mahallasi ijtimoiy xodimi va Oqdaryo tumani FHDYO bo‘limi xodimilari bilan hamkorlikda olib borilgan monitoring tekshiruvlar natijasida “Paxtaobod” mahallasi Farmonobod qishlog‘ida yashovchi 2019-yil 6-iyunda tug‘ilgan, voyaga yetmagan Xolboyev Xushnudbek Xurshid o‘g‘lining shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqida hujjatlari qayd etilmaganligi bois tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘q ekanligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Xushnudbekning ota-onasi shar’iy nikoh asosida turmush qurgan, etiborsizligi oqibatida farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib bermagan.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida bugun Xushnudbekga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib berildi. Qisqa qilib aytganda, Xushnudbek rasman fuqaroligi tasdiqlanganidan va boshqa yoshlar singari ta’lim-tarbiya olish imkoniyatiga ega bo‘layotganidan xursand.