insurez
11-06-2024 17:41

Xotin-qizlar faollariga “Biznes loyihalar” albomi tarqatildi


Xotin-qizlar faollariga “Biznes loyihalar” albomi tarqatildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligi 1-sektor shtabida tuman hokimining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Y.O‘roqova, AT Xalq banki xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Z.Murtazayevalar ishtirokida mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, muhim topshiriqlar berildi. Shuningdek, mahallalardagi xotin qizlar faollariga AT Xalq banki hamda ATB “Mikrokreditbank” rahbariyati tashabbusi bilan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning tadbirkorlik sohasidagi ishlariga ko‘maklashish, xotin-qizlar orasida lider tadbirkorlarni yuzaga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan 250 ta loyihalar paketi o‘rin olgan “Biznes loyihalar” albomi topshirildi.
 

Teglar
- -