"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI RAGʻBATLANTIRILDI
Joriy yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichida Oqdaryo tumanidagi 45-umumta’lim maktabi o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi. Shu bilan birgan jamoa 250 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotini hamda Angliya davlatiga 15 kunlik bepul sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Shu munosabat bilan bugun 45-maktabda tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Ch.Ortiqova hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Gʻ.Gʻaniyevlar ishtirok etib, maktab jamoasini mazkur yutuq bilan qutlagan holda o‘quvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati