insurez
11-06-2024 20:34

Xorijdagi oqdaryolik fuqarolar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi


Xorijdagi oqdaryolik fuqarolar bilan navbatdagi muloqot o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligining telegram kanali orqali xorijdagi oqdaryolik fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlar bilan Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosarlari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida xorijdagi fuqarolarimizning turli masalalardagi murojaatlari Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan eshitilib, huquqiy tushuntirishlar berildi hamda ijrosi tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga biriktirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -