insurez
18-10-2024 18:54

Xitoyning Lanchjou shahri delegatsiyasi bilan Do‘stlik-hamkorlik memorandumi imzolandi


Xitoyning Lanchjou shahri delegatsiyasi bilan Do‘stlik-hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Gansi provinsiyasi Lanchjou shahrining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha boshlig‘i Yan Ronguan boshchiligidagi 10 ga yaqin delegatsiya a’zolari bilan Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikkala hududning imkoniyatlari va boshqa masalalar, xususan, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakuni bilan ikkala hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha Do‘stlik-hamkorlik memorandumi imzolandi.
 

Teglar
- -