insurez
21-07-2024 11:56

XITOYGA TASHRIF DAVOMIDA MANFAATLI SHARTNOMALAR IMZOLANMOQDA


XITOYGA TASHRIF DAVOMIDA MANFAATLI SHARTNOMALAR IMZOLANMOQDA 

👨‍💼Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov boshchiligida Xitoy davlatining Urumchi shahrida boʻlib turgan dilegatsiyamiz aʼzolari sanoat zonasida boʻlib, bir qator ishlab chiqarish korxonalari jumladan, eshik-rom, metall va plastik profillar ishlab chiqaruvchi "Urumchi Ruixiang Jinggong New Building Materials" Co.,Lt, metall profillarga rang berish bilan shugʻullanuvchi "Xinjiang Double-Golden Dragon New Building materials" Co.,Ltd, turli xil assortimentdagi mis kabellari ishlab chiqaruvchi "Xin Zhu jiang tong" Co.,Ltd korxonasi faoliyati bilan tanishib, kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

👍Uchrashuv va muzokaralardan soʻng, tumanimizdagi "Guliston Avtokemping" MChJ va Xitoyning "Xinjiang Yihuaipudao Environmental Protection Equipment" Co., Ltd korxonasi bilan tabiiy tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yetkazib berish boʻyicha dastlabki kelishuv shartnomalari imzolandi.
 

Teglar
- -