insurez
23-05-2024 09:30

Xitoyda Samarqand delegatsiyasi ishtirokida ishbilarmonlik muzokaralari forumi hamda B2B va G2B uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda


#Ayni_damda

Xitoyda Samarqand delegatsiyasi ishtirokida ishbilarmonlik muzokaralari forumi hamda B2B va G2B uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda

 

Ayni daqiqalarda Xitoy Xalq Respublikasi Chongqing shahrida ikki hudud yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida ishbilarmonlik muzokaralari forumi hamda B2B va G2B uchrashuvlari bo’lib o’tmoqda. 

Forumda Samarqand viloyati hokimining o’rinbosari O.N.Xamrayev tomonidan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va turizm ko’rsatkichlari to’g’risida taqdimot qilindi. 

Bundan tashqari uchrashuvlar davomida hamkorlikni rivojlantirish, yangi qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

Xususan, uchrasuvlar davomida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov Xitoydagi kompaniyalar rahbarlari bilan muhokamalar olib borib, iqtisodiyotning turli sohalarida o‘zaro manfaatli yangi shartnoma va bitimlar imzolamoqda.
 

Teglar
- -