Viloyat Ishchi guruhi mahallalarda xotin-qizlar faollarining faoliyatini o‘rganmoqda
Viloyat Ishchi guruhi mahallalarda xotin-qizlar faollarining faoliyatini o‘rganmoqda
✅ Bugun Oqdaryo tumanida xotin-qizlar faollarining me’yoriy hujjatlarini, xususan, tumanda 2024-yil 5-bosqich "Ayollar daftari"ning yuritilishini ko‘zdan kechirish, duch kelingan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida viloyat kasaba uyushmasidan Oqdaryo tumaniga biriktirilgan vakil O.Mizamov tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, bugun tumanning Avazali, Sug‘onchi, Yangihayot mahallalarida xotin-qizlar faollarining ish hujjatlari hamda xotin-qizlarni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mahalla xotin-qizlar faollariga va tuman mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.