Viloyat ishchi guruhi
Viloyat ishchi guruhi bilan birgalikda tumanda soliq bazasini kengaytirish borasida ish olib borilmoqda
Ayni paytda viloyat ishchi guruhi a’zolari, Oqdaryo tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Ashurov, soliq inspektorlari, hokim yordamchilari hamda mahalla raislari hamkorligida Oqdaryo tumanida Soliq bazasini kengaytirish choralarini ko‘rish, xususan, mol-mulk va yer solig‘i tushumlarini, ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, norasmiy ishchilarni rasmiylashtirish, soliq hisobotlarida ish o‘rinlarini ko‘rsatilishi kabi masalalar yuzasidan o‘rganish olib borishmoqda.
O‘rganish davomida soliq bazasini kengaytirish, soliq qarzdorliklarini undirish borasida viloyat ishchi guruhi tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati