Vazifalar belgilab olindi
Vazifalar belgilab olindi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida bank rahbarlari, tuman kadastr va soliq inspeksiyasi xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sanoat korxonalarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha Davlat rahbarining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, yoshlar bandligini ta’minlash, faoliyatini qayta tiklash imkonsiz bo‘lgan faoliyatsiz korxonalarni Reyestrdan chiqarish choralarini ko‘rish masalalari muhokama etilib, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar sohalar kesimida belgilanib, muhim topshiriqlar berildi.