insurez
25-06-2024 12:41

“Ustoz” sihatgohida konsert dasturi namoyish etildi


“Ustoz” sihatgohida konsert dasturi namoyish etildi

Oqdaryo tuman hokimligi madaniyat bo‘limi hamda Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamoat fondi Oqdaryo tuman muassasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan  "Oqdaryo navolari" mumtoz va folklor etnografik ansambli a’zolari tumanimizning so‘lim go‘shasi "Ustoz" sihatgohining  dam oluvchilari o‘rtasida madaniy hordiq  davrasini tashkil etdilar. Ansambl a’zolari ijro etgan mumtoz ashullalar, raqs hamda sho‘x laparlaridan turli viloyat va tumanlarimizdan tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz mamnun bo‘ldilar. Konsert dasturi namoyishida milliy san’atimiz ijrosidan olgan a’lo kayfiyat va hordiq uchun tomoshabinlar ansamblning badiiy rabari O.Mamatova, musiqa rahbari T.Pirmatov hamda sihatgoh ma’muriyatiga minnatdorchilik izhor etdilar.
 

Teglar
- -