Tumanimiz vakillari Xitoyda
Tumanimiz vakillari Xitoyda
Ayni damda tumanimiz vakillari xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida hamkorlik aloqalarini olib borishmoqda. Xizmat safari davomida tumanimiz vakillari, xususan, Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov va tadbirkorlar Xitoyning Urumchi shahridagi Huameo savdo markazi Shinjon filialida uchrashuv o‘tkazishmoqda.
Uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi, shuningdek kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish, xususan, suvni qayta ishlash vositalarini xarid qilish borasida kelishuvlar amalga oshirilmoqda.