Tuman Kengashi deputatligiga nomzod va saylovchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Tuman Kengashi deputatligiga nomzod va saylovchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashiga deputatlikka nomzodlardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal–demokratik partiyasidan nomzod Qudratov Sherzod Asadovichning “Pichoqchi” mahallasi fuqarolari bilan saylov oldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda saylovchilarni nomzod o‘zining saylov oldi dasturlari bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.