insurez
05-07-2024 16:19

Tuman ishchi guruhining 2024-yil II-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida


Tuman ishchi guruhining 2024-yil II-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida

HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash  to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlariga asosan, 2024-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 2277,9 mln.so‘m, tuman mahalliy budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 2943,0 mln.so‘m, Mening yo‘lim loyihasidan  fuqarolar tashabbusli jamg‘armasiga 4 000 mln.so‘m, 1-chorak soliq daromadlarining oshirib bajarilgan qismidan 226,9 mln.so‘m, 2023-yilgi mavsumlardan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 121,65 mln so‘m mablag‘, Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashining qarorlariga asosan 11147,8 mln so‘m mablag‘lar o‘tkazilishi ta’minlandi.

2024-yil “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi

2024- yil 1-fevraldan boshlanib joriy yilning 4-apreliga qadar o‘tkazildi.

Tumanimizda 2024-yil 1-mavsumiga ko‘ra 11 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Jumladan:

1-o‘rin 3129 ta ovoz bilan Sug‘onchi MFY Tepa Sug‘onchi ichki ko‘chalarini asfalt qoplamasi bilan qoplab ta’mirlash tashabbusi;

2-o‘rin 5125 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Sug‘onchi mfy O‘radin qishlog‘i ichki ko‘chalarining 3000 metr qismini asfalt qilish tashabbusi;

3-o‘rin 4324 ta ovoz bilan Sug‘onchi MFY, Qoraxitoy qishlog‘i ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi yotqizish tashabbusi;

4-o‘rin 4235 ta ovoz Katta Sug‘onchi ichki yo'llari juda xarob axvoldaligi uchun asfalt qoplamasi bilan qoplash tashabbusi;

5-o‘rin 2493 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman Miyonqol mahallasi Ko‘ksaqol qishlog‘ini 3000 metr  ichki yo‘llarini asfalt qilish;

6-o‘rin 2349 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 45-umumta’lim maktabini joriy ta’mirlash;

7-o‘rin 2223 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 47-maktabga qo‘shimcha o‘quv bino qurish ;

8-o‘rin 2085 ta ovoz bilan 1-maktabga qo‘shimcha o‘quv bino qurish;

9-o‘rin 1546 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 20-maktabni joriy ta’mirlash ;

10-o‘rin 1224 ta ovoz bilan 39-maktabni joriy ta’mirlash;

11-o‘rin 746 ta ovoz bilan Oqdaryo tuman 28-maktabga qo‘shimcha o‘quv bino qurish tashabbuslari g‘olib deb topildi.

1-mavsum g‘olib loyihalari hozirda pudrat tashkilotini aniqlash jarayonida.

         Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlari jamoatchilik hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash hamda loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlarni sifatli tarzda amalga oshirilishi (tovar yoki xizmatlarni xarid qilinishi) hamda bajarilgan ishlarni loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olinishini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida titizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligining rasmiy
veb-saytida maqola va videoroliklar joylashtirildi.

 

 

Tuman Iqtisodiyot va moliya

bo‘limi boshlig‘i:                                                            N.Ismoilov

Teglar
- -