Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov ishtirokida "Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida tumanda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, xususan, hokim yordamchilarining bilim-ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida hokim o‘rinbosari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.