insurez
03-10-2024 10:57

Tuman hokimi maktab direktorlari bilan uchrashdi


Tuman hokimi maktab direktorlari bilan uchrashdi

Bugun Oqdaryo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli rahbarlar hamda maktab direktorlari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda tuman rahbari joriy yilning 30-sentabr kuni Davlatimiz rahbarining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan ta’limda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan muloqoti davomida berilgan topshiriqlar va ustuvor vazifalarni har bir rahbar o‘ziga dasturilamal qilib olishi va ta’lim-tarbiya ishlarida amalga oshirib borishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, maktablarda ota-onalar yig‘ilishlari tashkil etilib, Prezidentimiz murojaatini keng ommaga yetkazish, maktablarda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarni kitobxonlikka va kasblarga qiziqishini orttirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.
 

 

 

Teglar
- -