Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Tuman hokimi ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida Oqdaryo tumani vakillarining hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga tashrifi va erishilgan natijalar to‘g‘risida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan mazkur matbuot anjumanida dastlab tuman hokimi Xitoy davlatiga amalga oshirilgan tashrif va errishilgan natijalar haqida qisqacha axborot berib o‘tdi.
Joriy yilning 19-28 iyul kunlari Samarqand viloyati delegatsiyasi tarkibida Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov hamda oqdaryolik tadbirkorlar ishtirokida iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoniga tashrif amalga oshirildi. 19-21 iyul kunlari Midong tumani sanoat zonasi va Yuqori texnologiyalar sanoat zonalarida qurilish, metallurgiya,elektrotexnika kabi yo‘nalishdagi 12 ta korxona faoliyati bilan tanishildi. Shu vaqt ichida 89,8 mln dollarlik 5 loyiha bo‘yicha memorandum va shartnomalar imzolandi.
Urumchi shahrining Sinshi tumanida qishloq xo‘jaligi loyihalari va yirik sanoat zonalari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, “Xinjiang Jiangyuyuan Agriculture and Animal Husbandry Investment Development” Co.,Ltd korxonasi faoliyatini o‘rganildi. Mazkur korxonada qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida urug‘chilik, ko‘chatchilik tajriba maydonlari tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida qishloq xo‘jaligida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Xususan, Xinjiang Rival Hech Co.,Ltd korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Ushbu korxonada dunyodagi eng zamonaviy so‘ngi texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, poliyetilen selofan, pampers ishlab chiqarishdan tortib, polimerdan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan mahsulotlar chiqaradi.
Vujia tumanida paxta dalalarida bo‘lib, hosildorlik paxta yetishtirish jarayonlari, sug‘orish tizimlari bilan tanishishdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jumladan, paxta, g‘alla terish mashinalarini ishlab chiqaruvchi "Shangdong Swan Cotton Industrial Machinery Stock" Co.,Ltd faoliyati bilan tanishib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Tashrif yakunida forumlar va B2B uchrashuvlarda jami 24 ta loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuv va memorandumlar imzolandi. Shundan 16 ta 47,7 mln dollarlik asosiy kelishuvga erishilgan loyihalar hamda 8 ta 164,5 mln dollarlik istiqbolli loyihalarni tashkil etdi. Jami 24 ta loyihadan 20 tasi investisiya loyihalari, 4 ta savdo, eksport, import yo‘nalishida bo‘ldi.Sohalar kesimida qishloq xo‘jaligida 3 ta loyia, sanoat bo‘yicha 17 ta , savdo bo‘yicha 4 ta loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Imkoniyatlardan to‘liqroq foydalanish uchun Xitoyning savdo korxonalarini tumanga taklif etib, tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash maqsad qilingan. Misol uchun, kecha "San Bao" Shinjon savdo-sanoat korporatsiyasi o‘rinbosari Zishang xonim bilan uchrashib, boshqa provensiyadagi tadbirkorlarni xam jalb qilgan holda avgust oyi yakuniga qadar Samarqandda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.
Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati