Tuman Elektr tarmoqlari korxonasining tuman shtabi faoliyati o‘rganildi
Tuman Elektr tarmoqlari korxonasining tuman shtabi faoliyati o‘rganildi
⚡️ Bugun Oqdaryo tuman prokurori Azizbek Vaxabov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan kunlik ishlar bo‘yicha tahlliy muhokama o‘tkazildi.
⚡️ Muhokama davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish, kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida undirib borish, quyosh paneli o‘rnatish yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tqazish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.