insurez
26-06-2024 20:49

Tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar


Tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ishlar 

Bugungi kunda tabiat va unga bo‘lgan munosabat har qachongidan ham dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Jumladan, ona-tabiatimizni muhofaza qilish, atrof-muhitni toza-ozoda saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda suvdan oqilona foydalanish har bir kishining muhim vazifalaridan biridir. 
Bu borada olib borilayotgan ishlar va yechimini kutayotgan ayrim muammolar haqida tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi bosh mutaxassisi  Usmon Boshmonov “Oqdaryo ovozi” gazetasi jurnalistlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi Press-turda batafsil ma’lumot berdi.
 Press-tur ishtirokchilari tumanimiz markaziy ko‘chalari atrofida tashkil qilingan gulzorlar va daraxtlarni tomchilatib sug‘orish maqsadida Loyish shaharchasiga kirishda katta suv nasoslari qurilishi jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar. Ushbu suv nasoslari o‘rnatilgandan so‘ng markaziy ko‘chalarda tashkil qilingan gulzorlar va manzarali daraxt ko‘chatlarini tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi.
 Press-tur ishtirokchilari tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ulllariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblar oldilar.

Teglar
- -