Dolzarb masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi
Dolzarb masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi
Bugun Oqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Muhokama davomida Konstitutsiya kuni bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, hokimlik hamda tashkilot rahbar va xodimlari uchun “Ma’naviyat soati” o‘tkazish, kommunal to‘lovlar qarzdorliklarini undirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, daraxt ko‘chatlari ekilishi bo‘yicha kunlik monitoring olib borish, hududlarni obodonlashtirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huqubuzarlikni kamaytirish borasida chora-tadbirlarni olib borish kabi masalalar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.