Tomorqa daromad manbai
Tomorqa daromad manbai
Yerdan samarali foydalanib, mehnat qilgan inson kutgan natijasini albatta ko‘radi. Xususan, Uzunqishloq mahallasining Xoldor qishlog‘ida yashovchi Nilufar Ulug‘ova mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida bankdan 10 million so‘m kredit olib, o‘z tomorqasida 6 sotix maydonda qulupnay yetishtirmoqda.
-Hosil endi yetildi, kunora terilgan hosilni bozorga chiqarib, 400-500 ming so‘mga sotib kelyapmiz. Nasib qilsa, kuzgacha 50 million so‘m daromad qilishni ko‘zlayapmiz,- deydi mamnuniyat bilan Nilufar Ulug‘ova.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati