insurez
24-06-2024 17:36

Tibbiyot muassasalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi


Tibbiyot muassasalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar muhokama etildi

Bugun Oqdaryo tumanida tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev, viloyat ishchi guruhi a’zolari hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat ishchi guruhi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi va hududlardagi tibbiyot muassasalarida olib borilgan o‘rganishlar natijasi muhokama etilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga qat’iy ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish borasida Tibbiyot birlashmasi rahbariyati va mas’ullariga muhim topshiriqlar berildi.
 

Teglar
- -