Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi
Bugun “Oqdaryo ovozi” tahririyatida Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari – tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova ishtirokida “Gender tengligi: ijtimoiy himoya, og‘ir ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur matbuot anjumani davomida Oqdaryo tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar borasida ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati