Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Oqdaryo tumanida tuman soliq inspeksiyasi rahbari O.Ilyasov, tomonidan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida joylarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati, ularni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmlarini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil etildi.
Batafsil muhokamalardan so‘ng, yakunda aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlar va samaradorlikni oshirish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Namunali tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga soliq rahbari tomonidan esdalik sovg’alari berildi.