Soliq undiruvi masalalari muhokama etildi
Soliq undiruvi masalalari muhokama etildi
Bugun Oqdaryo hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida tumani hokimining birinchi o‘rinbosari E.Ashurov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Ilyasov hamda soliq inspeksiyasi xodimlari bilan soliq undiruvi masalalari muhokama qilindi. Xususan, joriy yilning uchinchi chorak yakuniga qadar soliq undiruvi borasida belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarish hamda mavjud qarzdorliklarni undirilishi sohalar kesimida muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.