insurez
26-10-2024 09:10

Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam


 Sog‘lom hayot uchun besh ming qadam

Bugun erta tongdan Oqdaryo tumanida “Shanba – sport kuni!” loyihasi doirasida Oqdaryo tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman MMTB, tashkilot va muassasalar bilan birgalikda “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam" shiori ostida navbatdagi piyoda yurish marafoni o‘tkazildi.  

Mazkur yurish marafoni erta tong soat 8:00 da Harbiy orkestr sadolari ostida M-37 magistral yo‘lining Loyish shaharchasiga kirish qismidan boshlandi hamda markaziy Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab davom etdi.  

Mingga yaqin ishtirokchilarning piyoda yurish harakatidan so‘ng tadbir tuman markaziy stadionida badantarbiya mashg‘ulotlari bilan davom etdi.

Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yo‘qotishda yordam beradi.
  
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

 

Teglar
- -