insurez
29-06-2024 13:17

Sog‘liqni saqlash vaziri Oqdaryo tumanida


Sog‘liqni saqlash vaziri Oqdaryo tumanida 

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat va tuman tibbiyot tizimi mutasaddilari hamda mahallalar yettiligi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, mahallalar yettiligi bilan hamkorlikda xotin-qizlar, yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni tibbiy yordamga muhtojligini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, mas’ullarning fikr-mulohazalari eshitildi.

Shuningdek, soha bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va kamchiliklarni bartaraf etish borasida muhim topshiriqlar berildi.

Teglar
- -