insurez
07-11-2024 17:49

Sessiya kun tartibida uchinchi masala – tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.


Sessiya kun tartibida uchinchi masala – tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Qonunchilikka ko'ra, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Qudratov Sherzod Asatovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Deputatlar tomonidan Oqdaryo tuman hokimi lavozimiga Qudratov Sherzod Asatovich nomzodi tasdiqlandi.
 

Teglar
- -