insurez
29-08-2024 13:31

Yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi


Yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi

🟢Oilalar mustahkamligini ta’minlashda nikohlanuvchi yoshlar ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirish, ularni oilaviy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha bilimlarini oshirish muhim rol o‘ynaydi.  
🟢Shu maqsadda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan FHDY bo‘limiga nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 63 nafar nikohlanuvchi juftliklar 16 soatlik “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” o‘quv kursida o‘qitildi.  
🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 820-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng 63 nafar yosh oila quruvchi juftliklarga sertifikatlar topshirildi.

 

Teglar
- -